33 million bilan…

Date:

Ishsizlarning o‘zini o‘zi band qilishlari, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishlari, ishbilarmonlik muhitini yaratishlari uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan. Bot-bot takrorlanayotgan xabar va yangiliklarda ana shunday fuqarolarning kasb-hunarga o‘qitilib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotganligi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish bilan birga qo‘shimcha ish o‘rni yaratayotganliklari aytilmoqda. Buning uchun tijorat banklari orqali imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, manzilli yo‘naltiriladi. Muammoga ana shunday yechim topilayotgani ko‘plab ishsizlarning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilayotir.
Sherobodlik Ibodulla Ibodov ham 33 million so‘m kredit mablag‘i bilan o‘z ishiga qo‘l urdi. Odamlar chiqit sifatida tashlayotgan chiqindilarga ikkinchi hayot berishni reja qildi va chiqindilarni qayta ishlashga tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur oilaviy korxonada bugungi kunda 6 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Sherobod tuman hokimligida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tuman filiali tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va aholiga o‘zini band qilish uchun ajratilgan kreditlar salmog‘i va natijalari yuzasidan tashkil etilgan navbatdagi media turda imtiyozli kredit mablag‘lari sarhisob qilindi. Imtiyoz o‘zini oqlayotgani, xalqimiz ahli bundan o‘rinli foydalanayotgani e’tirof etildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun