“Ayollar daftari” – xotin-qizlar orzusini ro‘yobga chiqarayotir

Date:

Mahallalarda xotiq-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos mexanizmi yaratilgan. Qiziqishlari va ishtiyoqi, uquviga qarab yordam beriladi. Bu yordam bilan kechagi ishsiz ayollar bugun ishbilarmon, mohir tikuvchi-chevar, fermer yoki qandolatchi sifatida o‘zi va o‘zgalarga naf keltiryapti. Ro‘zg‘orini, bola-chaqasini halol luqma bilan boqyapti.
Denov tumani “Qaytmas” mahallasi fuqarosi D.Tojiboyeva ham ishsiz va imkonsiz edi. Mahalla mas’ullari ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni o‘rganish davomida D.Tojiboyeva bilan ham suhbatda bo‘lishdi. So‘ng, “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olishib, subsidiya asosida tikuv mashinasi berishdi.
Mahallada kim ko‘p — tikuvchi. To‘g‘ri, hammaning ham o‘z mijozi, o‘z rizqi bo‘ladi. Ammo, D.Tojiboyeva chevarlik qilishning boshqa yo‘li, yo‘nalishini o‘ylab topdi. Gazlamalarga gul bosib bersa, ham narxi, ham talab yuqori ekanini hisobga olib, yaxshi niyat ila ish boshladi. Adashmagan ekan, matoga gul bosuvchi opani izlab keladiganlarning soni kun ora oshib bordi. Ishlarini yaxshigina yo‘lga qo‘yib olgach, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida 10 nafar o‘zidek ishsiz xotin-qizni shogirdlikka oldi va kasb sirlarini o‘rgata bordi.
Qarabsizki, mohir tikuvchi ayollarning mehnati besamar ketmadi. Ular solgan gullar nafis va shu qadar ajoyibki, ko‘rgan ko‘z quvnaydi. Ayni shunday bezaklar liboslariga ko‘chishini istab, buyurtmaga shoshishadi. Shu tariqa o‘zlarining doimiy mijozlariga ega bo‘lib borayotgan chevar opalar mahalla faollaridan, yurtimizda yaratilgan shart-sharoit va imkondan mamnun.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun