Inklyuziv ta’lim: mashg‘ulotdan ko‘rgazmagacha…

Date:

Bir qaraganda insonga to‘g‘ri baho berish qiyin. Suhbat jarayonida suhbatdoshingizni kashf etib borasiz va u haqida qandaydir taassurot paydo bo‘ladi. Zumda undan qochishga urinishingiz ham, suhbatingiz uzoq davom etishini ham istashingiz mumkin. Ammo, ️Termiz shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan Inklyuziv markaziga yo‘lingiz tushib, u yerda nogironligi bor yoshlarni kuzatsangiz, ijodiga, ko‘ngil olamiga nazar solsangiz, aslo ketgingiz kelmaydi. Ularning sehrli qo‘llari yaratayotgan san’at asarlariga mahliyo bo‘lasiz va ko‘z uza olmaysiz. Ha, bunday insonlarga berilgan baho esa yomon bo‘lishi mumkin emas. Sababi ijodga oshno insonlardan yomonlik chiqishi mumkin emas.
Nigina Muxtarova rahbarlik qilayotgan Inklyuziv ta’lim markaziga kelganni opa ko‘kragidan itarmaydi. Har bir bola bilan suhbatlashib, ko‘ngliga qo‘l soladi. Qiziqishlari, iqtidoriga qiziqadi. Shu orqali har bir o‘g‘il-qiz u yoki bu mashg‘ulotga yo‘naltiriladi. Qo‘g‘irchoqlar, suvenirlar deysizmi, tikish-bichish deysizmi, to‘garakda qiziqishga qarab o‘rgatiladi. O‘rganuvchilar o‘z qo‘llari bilan yasagan va tikkan mahsulotlardan zavq olishadi. Bu esa yangidan-yangi qahramonlar, san’at asarlari yaratilishiga xizmat qiladi.
To‘garak ishtirokchilarining ijod namunalari, mahsulotlari ko‘rgazmasi tez-tez tashkil etilib turiladiki, bu tomoshabinlar va xaridorlar sonining oshishiga xizmat qiladi. Ko‘rgazma mahsulotlari sotuvidan tushgan mablag‘lar esa to‘garak ishtirokchilarining kelgusi ishida, yaratadigan mahsulotlari uchun asosiy xomashyoni olishga yo‘naltiriladi.
Anomal sovuqda ham uyda o‘tirishni istamagan yoshlar to‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etib, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishayotir. Ular turfa gullar ko‘rinishidagi suvenirlarni yasab, bundan o‘zlari va o‘zgalar zavq olishi uchun harakat qilishyapti.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam...

Mis qayta ishlanadi

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga...

Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi...

Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni...
KunTun
KunTun