Qo‘shimcha transformator o‘rnatildi

Date:

Sovuq ob-havoda elektr energiyasidan uzilish bo‘lsa, darrov seziladi. Uyini elektr pechlarida isitayotganlarning xonasi zumda sovib qoladi. Aytish kerakki, mahallalarda o‘rnatilgan transformatorlar ayni paytda ortiqcha kuchlanish bilan ishlayapti. Bu esa qizib ketishiga, uzilishlarga sabab bo‘lishi turgan gap. Angor tumanidagi “Yangi turmush” mahallasi ahli ham anomal sovuqni elektr energiyasida uzilishlar bilan o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Aholiga yetarli shart-sharoit yaratish, kerakli issiqlik bilan ta’minlashni maqsad qilgan mutasaddilar esa mana shunday holatning oldini olish maqsadida mahalla hududida joylashgan GKTP 1-10-22/400 kVa transformator punktiga qoʻshimcha 100 kVali transformator punkti oʻrnatishda jonbozlik ko‘rsatishdi. Qo‘shimcha transformatorning o‘rnatilishi xonadonlarda yorug‘lik, issiq olib kirgandek bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun