Aholiga qulaylik yaratib…

Date:

Anomal sovuq sabab non va non mahsulotlari qatorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining-da narxi osmonladi. Mana shunday ob-havo sharoitida xizmat ko‘rsatishning o‘zi bo‘lmaydi. Qolaversa, yonilg‘i quyish shaxobchalarida gaz berilmayotgani, benzin olishdagi navbatlar esa yo‘l haqining qimmatlashishiga, bari oziq-ovqat mahsulotlarning tannarxiga borib qo‘shilishi qimmatchilikni keltirib chiqarmoqda. Oqibatda, aholi bozorga chiqib, bozor-o‘chari uchun anchagina mablag‘ sarf etsa-da, olgani urvoq ham bo‘lmayotgani rost. Mana shunday holatlarning oldini olish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida Angor tumanida arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligi va xavfsizligini hamda xalqimizni arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida mas’ullar nazorati ham tashkil etilgan. Ushbu yarmarkadan aholi uchun zarur bo‘lgan barcha oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin egallagan. Angorliklar yaratilgan mana shunday sharoitdan, bozorligi barokatli bo‘lib, xonadonlariga rizq ulashib, dasturxoni to‘kin bo‘layotganidan ko‘ngillari shod.

S.Murodova

Oldingi sahifaChuv tushirdi…
Keyingi sahifaHASHAR – ELGA YARASHAR

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun