Eng yaxshi hokim yordamchisi aniqlandi

Date:

Eng yaxshi hokim yordamchisi qanday bo‘lishi va qanday ishlashi kerak? Bu savolga hokim yordamchilaridan, ularning faoliyatidan javob izlasangiz, o‘zini oqlaydiganlar ham, o‘zi ishonganiga o‘zgalarni-da ishontiradiganlar ham topiladi. Ammo, haqiqiy hokim yordamchilari bir so‘z ham demasdan savolga tutguvchilarni ish jarayoni bilan tanishtirishga, amalga oshirgan ishlarini amaliyotda ko‘rsatishga urinadi.

Eng yaxshi hokim yordamchisining mahallasida fuqarolarning bo‘sh vaqti bo‘lmaydi. Barcha nima bilandir band, o‘z ishi, tadbirkorligiga ega bo‘lgan bo‘ladi. Yana bunday jihatlarni sanayversangiz, lavozim egalarining tashabbuskorligi, tadbirliligi namoyon bo‘laverishi lozim. “Eng yaxshi hokim yordamchisi” Respublika tanlovining II viloyat (hududiy) bosqichida ana shunday jihatlar inobatga olindi.
Tanlovda ishtirokchilarning qisqa muddat davomida amalga oshirgan ishlari, bilim-salohiyati baholandi. Uzun tumanining “Yangi ro‘zg‘or” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi O‘tkir Rahimovning ham faoliyati munosib baholanib, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi va tashabbuskorlar tomonidan munosib taqdirlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun