“ZIYOLILAR FORUMI” munozaralarga boy bo‘ldi

Date:

Termiz davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festevali” doirasida “ZIYOLILAR FORUMI” tashkil etildi.

Maqsad esa bitta — Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratish jarayonida erkin va hur fikrli yoshlarni shakllantirish, zamonaviy innovatsion maʼnaviy makonni yaratishdir. Bu borada ma’naviyat targ‘ibotchilarining hissasi katta bo‘ldi.

Forum davomida “Maʼnaviyat, zamonaviy tarbiya uslublari va auditoriya bilan ishlashda psixologik yondashish”, “Omma bilan ishlashning yangicha usul va metodlari, targ‘ibotchilarning notiqlik mahorati” mavzulari yuzasidan yosh targ‘ibotchilar bilan ma’ruza qilindi va ilmiy-amaliy munozaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, “Ma’rifatZiyo” mobil ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu mobil ilova orqali foydalanuvchilar “Maʼdaniyat-maʼrifat”, “Siyosat va huquq”, “Fan-taʼlim”, “Adabiyot va sanʼat” sohalarida faoliyat olib borayotgan taniqli olimlar va ziyolilarning ilmiy-ommabop asarlari bilan yaqindan tanishishda, ularning onlayn treninglarida ishtirok etishda eng qulay vosita ekani, qolaversa, maʼlumotlarni qisqa fursatda o‘qish va yuklab olish imkoniyatiga ega ekani bilan ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Seminarda mavzular yuzasidan targ‘ibotchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Tadbir yakuniga qatnashchilarga sertifikat va kitob jamlanmalari topshirildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun