“Xormang”ga kelganlar…

Date:

Janub gavharida bahor erta kelgani kabi paxta yig‘im-terim ishlari ham avgust oyining o‘rtalaridan boshlanib ketadi. Quyosh boshqa hududlardan ko‘ra ko‘proq mehr ko‘rsatadigan surxon zaminini Yaratgan ana shunday Baraka bilan siylagan. Dalalarda esa ish qizg‘in. Terimchilar javlon urib, mehnat qilishayotir.

Shunday lahzalarda ko‘ngillar samimiy va diltortar navolar istaydi. Axir egatda musiqa sadolari, ajib qo‘shiqlar ohangida mast bo‘lib paxta terishning o‘z gashti bor-da. Respublikamizdan tarshrif buyurgan bir guruh taniqli xalqimiz ardog‘idagi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkorlar hamda aktyor va aktrisalarning Jarqo‘rg‘on tumani “Kamar” mahallasidagi “Jarqo‘rg‘on tajriba elita” fermer xo‘jaligidagi paxta dalasiga tashrifi qo‘shiq istagan ko‘ngillar uchun ayni muddao bo‘ldi.

Terimchilar “xormang”ga kelgan taniqli insonlar bilan yelkama-yelka turib paxta terdilar. Sohir ovoz sohib va sohibalari ijrosidagi jonli ijrolardan bahramand bo‘lishdi. Ohangga mos raqsga tushishib, dildan yayrashdi. Paxta dalasidagi bu uchrashuv naqafaqat terimchilar xotirasida, balki san’atkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ong-u shuurida ham uzoq muddat saqlanib qoladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qishga tayyorgarlik qizg‘in

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi...

Kontraktni hokimliklar qoplaydi

O‘zbekiston hukumati qaroriga muvofiq, mahalliy hokimliklar har yili ehtiyojmand...

Kuzda ham bahoriy kayfiyat ulashib

Jarqo‘rg‘on tumani bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom...

Yangi agentlik tashkil etiladi

«Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish...
KunTun
KunTun