SHEROBODDA ANOR PISHDI

Date:

Anorchilik bo‘yicha Sherobodning o‘z tajriba maktabi bor. Tuman hududining tuproq unumdorligi va quruq havosi anor yetishtirish uchun qulay. Natijadorlikka erishishni maqsad qilganlar o‘z anorzorlarini tashkil etib, anorchilik rivojiga o‘z xissasini qo‘shib kelayotir.

Erta bahorda qilingan harakat, mehnat, kuz eshik qoqmay o‘z natijasini ko‘rsatdi. Tumanda ertapishar anor navlari avgust oyining birinchi yarmidayoq hosilga kirdi va mehnatkash dehqonlar tomonidan mahalliy bozorlarga olib chiqildi.
Sherobod anorlari vohada ancha mashhur. Mazali tami og‘izda qolgani uchun ham bozor rastalarida uzoq qolmaydi. Bu anorlarning ta’rifini eshitgan qo‘shni viloyatdan mehmon bo‘lib kelguvchilarning-da e’tiborini tortishga ulgurgan.
Ha aytgancha, anorning narxi xaridorlar uchun hamyonop. Vitaminlarga boy ushbu meva organizm uchun kon-u foyda ekanini unutmagan holda kunlik ratsionimizga, albatta, anorni ham kiritish lozim.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun