“Surxon oqshomlari”ida…

Date:

Ijod vaqt, makon tanlamaydi. U ko‘ngildan to‘lib-toshib chiqadi-da, oq qog‘ozga dard bilan, og‘riqlar bilan bitiladi. O‘qisangiz, ijodkor aynan sizning tug‘yonlaringizni, og‘riqlaringizni bitgandek. U yuragingizni ochiqchasiga tarjima qilgan-u, sir deganingizni ochiqlab tashlagan. Ha, haqiqiy she’r ana shunday bo‘ladi.

Vohada ham yuz ochayotgan ijodkorlar, qalam tebratib, undan taskin topayotganlar talaygina. Adabiyot davralari esa munosib minbar kabi. Bu mingarga chiqqan borki, vujudidagi kuch-qudrat she’rga aylangan. O‘qiyapti. Tinglovchisining e’tibor-u e’tirofiga sazovor bo‘lyapti. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limida “Kitob ma’naviyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilgan “Surxon oqshomlari” mushoirasi ana shunday taassurotlarga boy bo‘ldi. Kelganlar xushnud bo‘lishdi.
“Surxon oqshomlari” har galgidek inja iste’dodlarni kashf qildi. Yangi she’rlar yaralishiga sabab bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun