Tadbirkor g‘amxo‘rlik ostida

Date:

Tadbirkor o‘z ishini rivojlantirib, nafaqat daromad topadi, balki foydali mehnat taqsimoti bilan jamiyat taraqqiyoti uchun ham o‘zining munosib xissasini qo‘shadi. Tadbirli insongina yurtimizda yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalana oladi. Aks holda ishsizlar safi ortishi hech gap emas.

Gap imtiyoz va shart-sharoit haqida ketar ekan, Sho‘rchi tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar e’tibor va g‘amxo‘rlik ostida ekanini ishonch bilan aytish mumkin. Tegishli davlat idoralari ularni eshitadi, takliflarini o‘rganib, muammolarini hal etish uchun tadbirkor yo‘lidagi g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etadi. Ayni shu maqsadda tashkil etilgan ochiq muloqotda kredit, subsidiya olish, litsenziya, ko‘chmas mulk va resurslarga egalik, eksport masalalari hamda yangi imkoniyat va sharoitlar haqida so‘z bordi.

— Albatta, amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘rish, sezish mumkinki, xalq va davlat idoralarining tadbirkor va ishbilarmonlarga nisbatan munosabati o‘zgargan, — deydi ochiq muloqotda Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Asliddin G‘aybullaev. – Ular qo‘llab-quvvatlovda va g‘amxo‘rlik ostida. Natijada ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rniga, nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi. Tadbirkor mo‘may daromad ko‘ryaptimi, bu o‘zigagina emas, davlatga ham foyda.

Ochiq muloqot samimiy ruhda o‘tkazildi. Ishbilarmon tadbirkorlar o‘z takliflarini, fikr-mulohazalarini bildirish bilan birga muammo va takliflarini aytib, mutasaddilardan munosib yechim oldilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun