“Tonirovka” tekin bo‘ladi…mi?

Date:

Har safar olis qishloqqa yo‘lga otlanarkanmiz, kunning qoq yarmida, quyosh chunonam qizdirar pallasida yo‘lga chiqishimizga to‘g‘ri kelardi. Farzandlarim esa hali kichkina, avtomobil oynasidan tushayotgan quyosh nuri ularni terga tushirar darajada bo‘lardi. “Biz ham orqa oynalarini qoraytirsak bo‘lmasmikin, kun issig‘ida biroz qiynalayapmiz, deya rulda o‘tirgan  turmush o‘rtog‘imga so‘z qotardim” u kishi esa “yaxshikuya, ammo shu oynalarni qoraytirarlik pulimizga yaxshigina bozor-o‘char qilib, ro‘zg‘orning kamini butlasak bo‘ladi-da” derdi…

Qachon “tonirovka” tekin bo‘larkin, oftobning tig‘ida qiynalib, mashina oynasidn termulib ketayotgan biz kabi yo‘lovchilarning yelkasiga shamol tegadigan bo‘ldi. Bundayin xushxabarni eshitib, rosti quvondim.

Prezidentimiz yig‘ilishda ta’kidlaganlaridek, joriy yilning 1-iyulidan boshlab, avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilinadi, yaʼni bepul boʻladi.

Shuningdek, avtoulovning old va orqa yon oynalarini toʻliq qoraytirish toʻlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi.

Yana bir muhim jihati shundaki, ishlab chiqarilganiga 10-yildan koʻp boʻlmagan yengil mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi bekor boʻladi.

Endi, 10-yildan 15-yilgacha boʻlgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15-yildan ortiq boʻlganlari esa bir yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Yurtda amalga oshirilayotgan xalqchil siyosatning yorqin namunasi o‘laroq, bu kabi yangilik va yengilliklar kunda kunora bo‘lib turgani esa haqiqatdan ham inson qadi ulug‘lanayotganidan dalolatdir.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...

Ochiq muloqot – muammolar yechimiga xizmat qilmoqda

Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning murojaat va takliflarini...

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...
KunTun
KunTun