“Olatemir”da universal sport maydonchasi quriladi

Date:

Voleybol sport turida ikki jamoa raqibining tarafiga to‘pni yo‘naltirishga harakat qilib, ularning xatoga yo‘l qo‘yishi uchun raqobatlashadi. Hujumkorlik, hujumlarga qarshi turish uchun kuch-quvvat, reaksiya, koordinatsiya, to‘p bilan bo‘ladigan hujumdan yuqori ko‘tarilish imkoniyati ham o‘yinchini g‘alabaga yetaklaydigan muhim jihatlardir. O‘yin sodda, ammo shiddatli, shuning uchun ham tomoshabinga zavq bag‘ishlaydi, mazmunli xordiq chiqarishga yordam beradi.
Yurtimizda keng quloch yozgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ham voleybol sport turi kiritilgan bo‘lib, sportchi yigit-qizlar katta qiziqish bilan ishtirok etdi. O‘yinning Buxoro viloyatida o‘tkazilgan respublika bosqichi ham qiziqarli o‘tdi. Unda Surxondaryo sharafini munosib himoya qilgan sho‘rchilik voleybolchi yoshlar barchada o‘ziga xos taassurot qoldira oldi. Ular shiddatli harakatlari, birdamlikda ishlay olishlari bilan g‘alaba qozondi.
Bu yutuq nafaqat ularga, balki sho‘rchilik yoshlarga-da bir olam quvonch ulasha oldi. Sababi bu muvaffaqiyat hisobiga ular yashaydigan “Olatemir” mahallasida universal sport maydonchasi qurib beriladigan bo‘ldi. Tinimsiz harakat muvaffaqiyatga boshlasa, davomi obodlikka, yosh avlod vaqtini mazmunli tashkil etish ishlariga ulangani yaxshi bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun