Bitiruvchilar bilan shartnoma imzolandi

Date:

Aytish kerakki, Termiz davlat universitetini 3 146 nafar (shundan 567 nafari magistr) talaba tamomlash arafasida. 2 267 nafar bitiruvchi esa mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlangan. Ho‘sh, qolganlarchi?
Oliy ta’lim muassasasida yakuniy imtihonlar va diplom himoyasi ketayotgan bir davrda turgan gapki, ularni qayerda ishlash haqidagi o‘y o‘ylanitirayotgani aniq. Kelajak hayot uchun muhim qadam tashlanayotgan pallada Termiz davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilgani ayni muddao bo‘ldi. Bu yoshlarning ishli bo‘lishiga munosib sharoit yaratdi.

Mehnat yarmarkaga Surxondaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va viloyatning tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Xalq ta’limi boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda bir qator bank vakillari tashrif buyurib, bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdilar.

Yarmarka davomida Sariosiyo tumani maktablariga 36 nafar, Qumqo‘rg‘on tumani maktablariga 5 nafar talaba geografiya, rus, ingliz tili va matematika, ona tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchisi lavozimiga, 21 nafar talaba bank, sug‘urta, moliya, xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha shu yerning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha shartnoma imzolashdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun