Eski po‘stin kiysang ham, yangi kitob o‘qishga odatlan

Date:

O‘qiganing o‘zingniki, degan gapda jon bor, albatta. Kimki yaxshi niyat va ixlos ila yaxshi bir asar mutolaasiga kirishsa, istasa istamasa, har bir satridan gavhar tera biladi.  O‘zi uchun yangi bir olam kashf etmasdan qolmaydi.

Kitob insonning ma’naviy olamini boyitib, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishini kitob o‘qigan borki tasdiqlaydi. Biroq bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasidagi amaliy ishlar samarisi o‘laroq endilikda kitob o‘qiganlar uchun turli xil ko‘rik-tanlovlaaar tashkil etilib, bilimdon kitob ixlosmandlarini rag‘batlantirish choralari ham ko‘rilmoqda.

Sariosiyo tuman prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda tuman Axborot kutubxona markazi hamkorlikda “Ma’naviyat maskani”da, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida  “Yosh kitobxon”  shiori ostida, 2-sektor hududida istiqomat qilayotgan 18-30-yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Ta’til vaqtida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tanlovda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun