To‘ra Bobolovning yoshlar bilan uchrashuvi qiziqarli savollar va samimiy javoblarga boy bo‘lmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati yigit-qizlarini yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtirgan festival “Hokim va yoshlar” uchrashuvi loyihasi doirasida tadbir bilan davom etmoqda.

Uchrashuvda shahar va tumanlardan kelgan yoshlar, talabalar o‘z g‘oya va takliflarini ilgari surmoqda. Viloyat hokimining o‘quvchilik, talabalik yillari va mehnat faoliyati bilan bog‘liq qiziqarli savollar o‘rtaga tashlanmoqda.

Ochiq muloqot chog‘ida yigit-qizlar tomonidan isteʼdodli yoshlarning ijod namunalarini chop etishga ko‘maklashish, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari va yoshlar ishtirokida ko‘rik-tanlov o‘tkazish, “Street workout” (ko‘cha fitnesi) musobaqasi ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bilan bog5liq takliflar bildirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun