“SAHARA”da monitoring o‘tkazildi

Date:

Yurtimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va kerakli yordam ko‘rsatishning tizimli mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Bugun “xalqqa xizmat qilaman, daromad ko‘rib, o‘zgalarga-da naf keltiraman” degan borki, imtiyoz va g‘amxo‘rlik ostida.

Xususan, Boysun tuman hokimligining Investitsiyalar va tashqi savdo majmuasi xodimlari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni samarali boshqarish maqsadida doimiy ravishda monitoring yuritish ishlarining olib borilayotganida ham ana shunday g‘amxo‘rlik ifodasi mujassam. Xuddi shunday monitoring ishlari “SAHARA” oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy mehmonxona loyihasida o‘tkazildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 950,0 million so‘mni tashkil etib, bugungi kunga qadar jami 2100,0 so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. Shundan tijorat banki tomonidan 100,0 million so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.
Kerakli qo‘llab-quvvatlovdan keyin faoliyatning gullab-yashnashi, turizm sohasida ham o‘ziga xos burilish yasalishi inobatga olingan holda loyiha bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va servis xizmat turlarini yanada oshirish rejasi bo‘yicha qo‘shimcha 200,0 million so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Bu borada tuman hokimligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayotir.

Sohibjamol Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun