Guljanoy yana birinchi!

Date:

Tokio—2020 paraolimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyati sabab Guljanoy Naimovani yaxshi taniymiz. U o‘z jismoniy quvvatidan to‘g‘ri foydalangani uchun ham yutuqlarga erishgan, el og‘ziga tushgan sportchi. Hech qachon to‘xtash bilmaydiga va o‘z ustida tinimsiz ishlashdan to‘xtamaydigan sportchi qiz boradigan manzil Angliyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tayotgan para taekvondo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati bo‘ldi.
Quvonarlisi, Guljanoy o‘zbek xalqining yuzini yorug‘ qilib, xushxabarlar daragini yetkazdi. U ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida Turkiya, Serbiya va Ispaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Guljanoyning bu g‘alabasi Parij-2024 yozgi Paraolimpiya o‘yinlariga 20 reyting ochkosini o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga sabab bo‘ldi. Surxon qizi o‘z vazn toifasida dunyo reytingida peshqadamlikni ham saqlab qolayotgani bilan ko‘nglimizni faxr va iftihorga to‘ldiradi.

S..Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun