“Gulbahor”ning qovun-tarvuzi “tilni yorar”

Date:

Tarvuz desa, og‘izning tanobi qochadigan, qovun desa, tilimidan asal tomadigan pallada peshonadan achchiq ter to‘kib mehnat qiladigan ayrim uddaburonlar bozor rastalariga tarvuz-qovunlarni allaqachon terib qo‘ygani ham rost. Qo‘l uzatsangiz, narxi “qo‘lni kuydirar”lik pallada ushbu mahsulotni ertachi yetishtirishni esa har kim ham uddalay olmaydi.

Gulbahorliklar esa poliz mahsulotlarini mahalliy bozorga chiqarish tugul, eksportga ham yo‘naltirishmoqda. Bunga qiziqqan bir guruh jurnalist va blogerlar “Gulbahor” tomon oshiqdi.

Termiz tumani markazidan olisda, Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegara hududida joylashgan “Gulbahor” mahallasi aholisi azaldan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib kelishadi.

Tuman hokimligi tomonidan mahallalarning asosiy drayverlaridan foydalangan holda aholi bandligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda eksportga yoʻnaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur oʻtkazildi.

Press-tur ishtirokchilari “Gulbahor” mahallasida aholining tomorqadan samarali foydalanishi va chorvachilik hamda xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaindan tanishdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun