“Besh tashabbus olimpiadasi”

Date:

Iqtidorlarni kashf etish, to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni munosib rag‘batlantirish, qolaversa, yoshlar vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida doimiy tarzda tanlovlar, tadbir-u kechalar uyushtirib kelinadi. Albatta, bu o‘z navbatida yoshlarga motivatsiya beradi. O‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘yishni, imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadi.

Respublika miqyosida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida turli sport musobaqalari, bilimlar bellashuvi va iqtidorli yoshlar saralangan bo‘lsa, har bir bosqichdan o‘tish, g‘oliblik nashidasi ularga munosib baho bo‘ldi deyish mumkin. Ayniqsa, tanlov g‘oliblari va faol yoshlar Toshkent viloyatidagi “Bo‘stonliq” dam olish oromgohiga borish imkoniyatiga ega bo‘lgani ular uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi.

Vohamizning bir guruh yigit-qizlari Bo‘stonliqqa yetib bordilar va ko‘ngildagidek xordiq chiqarishayotir. Ajoyib taassurotlar, uchrashuv va suhbatlar ular qalbida bir umrga muhrlanib qolishiga shubha yo‘q.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun