Obyektivimiz markazida Oltinsoy qo‘rg‘oni

Date:

“Boysun bahori”ning bayram tomoshalari asosiy sahnada jamoalarning chiqishlari bilan davom etayotgan bo‘lsa, shuningdek, har bir tuman folklor jamoalari uchun alohida joylar ajratilgan.
Ular odatdagidek faqatgina o‘tov tikib, milliy liboslarini namoyish etib qolmasdan, bu yilgi festivalda alohida qo‘rg‘onchalarda hududidan yetishib chiqqan allomalar, qahramonlar hayoti va faoliyatini aks ettirgan va o‘sha davr qiyofasini gavdalantirgan sahna ko‘rinishlari bilan ham mahalliy va xorijiy sayohatchilarga milliy qadriyatlarimizni yana bir bor ko‘z-ko‘z etishmoqda.
Oltinsoy tumani qo‘rg‘onida ham bo‘ldik.
O‘tov atrofida namoyishga qo‘yilgan milliy hunarmandchilik buyumlaridan tortib, tumanda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ham festival ishtirokchilariga namoyish etilmoqda.
Qo‘rg‘on to‘rida esa tuman o‘lkashunoslik muzeyi o‘z tarixidan so‘z ochib turibdi. Ushbu muzeyda 3 mingga yaqin qadimiy osori-atiqalar saqlanmoqda. Muzeydan joy olgan eng qadimiy buyumlardan biri sifatida bundan qariyb 2700 yil ilgari yaratilgan buyumni, non saqlashga xizmat qilgan qadimgi davr non idishlarini muzey rahbari alohida e’tirof etdi.
Har bir qo‘rg‘on va o‘tovlar o‘ziga xos yasatilganki, unga kirgan kishi borki, qadimgi davrga sayohatga chiqqandek ulkan taassurot oladi. Ayniqsa, chet elliklarda milliy urf-odat va an’analarimiz o‘zgacha bir kayfiyat uyg‘otmoqda.


A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...
KunTun
KunTun