“Katta sahna hayajoni va havo harorati o‘z ta’sirini ko‘rsatdi”

Date:

Yurtimizning sharqiy qismi — Andijon viloyatining “Zilol” folklor etnografik xalq ansambli jamoasi o’z chiqishlarini nihoyasiga yetkazgach, mamlakatning eng g‘arbiy qismida yastanib yotgan kengliklar — qoraqalpoq elining jamoasi o‘z folklor namoyishlarini boshlab yuborishdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Miras” folklor etnografik xalq ansambli jamoasi o‘zlarining milliy madaniyatiga xos an’analarini aks ettirgan sahnaviy chiqishlari bilan yig‘ilganlarni mamnun etdi. O‘zlarining milliy liboslarida, milliy cholg‘ulari bilan qoraqalpoq ohanglari Padang kengliklarida jarang sochayotir.
— Chiqishimiz biz rejalashtirgandan biroz boshqacha bo‘ldi. Bunga katta sahna hayajoni va havo harorati o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, – deydi “Miras” jamoasi a’zosi Bahodir G‘aniyev. — Taxtako‘pir tumanidan Boysunga tashrif buyurdik, ob-havosi, aholining san’atga ishtiyoqi ham boshqacha bo‘lganligidir ehtimol bizni shoshirib qo‘ydi. Lekin ko‘ngildagidek ijro eta oldik deb o‘ylayman.

Xurshid Qarshiyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun