Qiziqishdan boshlangan ish

Date:

Gullar go‘zallik, nafislik timsoli. Tomoshasidan ko‘z uzmaydi kishi. Tabiatning bunday mo‘jizasining parvarishi esa undan-da zavqli jarayon. Buni gul parvarishlayotgan insonlardan bo‘lak hech kim yaxshiroq his etmasa kerak. Gulga qanchalik e’tibor va mehr berib, suv va o‘g‘itlarini vaqtida bersangiz, ostini yumshatsangiz, u shu qadar yashnayveradi.

Angorlik Jasur Namozovnng yoshligidan gullarga mehri bo‘lakcha. Xonadonini bezab turgan gullar yonidan hech qachon e’tiborsiz o‘tmagan. Suv bergan, har bir gulning tabiatiga mos munosabatda bo‘lgan. Ulg‘ayib, mustaqil ishini boshlashga kelganda ham tanlagan kasbi gulchilik bo‘ldi. Faoliyatini kengaytirish maqsadida hokim yordamchisining tavsiyasi va ko‘magi ila olgan 33 million so‘m kredit mablag‘iga gulchilikni rivojlantirmoqchi.

— Qo‘lingizda ishingiz yo hunaringiz bo‘lsa, kam bo‘lmas ekansiz, — deydi J. Namozov. — Yetmaganiga ishlayman, o‘zim uchun imkoniyat yarataman degan borki, qo‘llab-quvvatlovda. Hech ham gul o‘stirib, foyda ko‘raman deb o‘ylamagan edim. O‘ylab qarasam, gulchilik ham tadbirkorlikning eng yaxshi turi ekan. Gul o‘stirib, sotishni ham yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldim. Daromadimdan issiqxonalarim sonini ko‘paytirib, ishimni kengaytiraman.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

An’ana va zamonaviy uyg‘unlikda

Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi majlislar zalida Respublika...

Kinelogiya xizmati sinovda

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan kinologiya...

Yoshlar sport va birdamlik maydonida

Termiz shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “DXX kubogi – 2026”...

Yoshlar festivali — milliy qadriyatlar va iste’dodlar tantanasi

Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Payshanba — “Yoshlar...
KunTun
KunTun