“Oyinli”ning 90 ta bolasi xursand bo‘ldi

Date:

Yurtimizda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi barcha bolalar 100 foiz bog‘chaga borishi shart. Bu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘rsatkichlar yuqorilab borayotir.

Sherobod tumani “Oyinli” mahallasida 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalishga topshirildi. Ushbu 90 o‘rinli tashkilot “Obod qishloq” dasturi asosida 2 810 million so‘m mablag‘ hisobidan kapital rekonstruksiya qilindi. Maskanda 3 ta uzaytirilgan va 2 ta qisqa guruhlar uchun mo‘ljallangan keng va yorug‘ xonalar zarur mebellar bilan jihozlangan. Zamonaviy musiqa xonasi, shinam yotoqxona, oshxona va yozgi ayvonchalar bolajonlar uchun xizmatga shay.

Ochilish marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Tadbir so‘ngida boshqarma boshlig‘i Sh.Xolliyeva hamda bo‘lim mudiri rahbarligida tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirokida qamrov darajasini oshirish, ta’lim-tarbiya sifatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi shuningdek, tizimda mavjud muammolar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun