Musiqa cholgʻu asboblari topshirildi

Date:

San’atga oshno ko‘ngildan yomonlik kutmaymiz. Ular har qanday illatlarni virusdek yuqtiravermaydi. Boshqacha aytganda immuniteti kuchli bo‘ladi. Bo‘sh vaqtini besamar o‘tkazmaydi-da, sevimli mashg‘ulotlari bilan band bo‘ladi. Shuning uchun ham bolani yoshlikdan biror san’at turi bilan, albatta, qiziqish va iqtidorini inobatga olib, shug‘ullanishi uchun sharoit yaratmoq darkor. Yoshlar ta’lim-tarbiya olayotgan maktablarda buning uchun yetarli imkoniyat bo‘lsa ha-ho‘p. Aks holdachi?..
Afsuslar bilan aytish kerakki, birorta ham musiqiy cholg‘u asboblari mavjud bo‘lmagan ta’lim muassasalari ham bor. Ayni shu muammo qiynagan yoshlar bir oy avval Angor tumanida rahbarlar ishtirokida bo‘lgan ochiq muloqotda ushbu masalalar bo‘yicha murojaat qilib, takliflar bildirgan edi.

Taklif o‘rganilgach, qisqa muddatda oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniyat va san’atga jalb qilish maqsadida tuman hokimligi tomonidan tumandagi 13-sonli maktab o‘quvchilariga musiqa cholgʻu asboblari topshirildi. Bu ilk qadam, ishonamiz bunday amaliy tashabbuslar barcha maktablarda bo‘y ko‘rsatadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

An’ana va zamonaviy uyg‘unlikda

Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi majlislar zalida Respublika...

Kinelogiya xizmati sinovda

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan kinologiya...

Yoshlar sport va birdamlik maydonida

Termiz shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “DXX kubogi – 2026”...

Yoshlar festivali — milliy qadriyatlar va iste’dodlar tantanasi

Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Payshanba — “Yoshlar...
KunTun
KunTun