Mahalla ko‘chalaridagi uzumzorlar

Date:

Hovlilarni tutashtiruvchi ko‘chalarga uzum voyish qilinganini ko‘rganmisiz?  Uzun tumanidagi «Yangiro‘zg‘or» mahallasidagi Nurafshon ko‘chasida shunday manzarani ko‘rishingiz mumkin. Ayniqsa, u yerga kuzda borsangiz, uzun ko‘cha bo‘ylab qilingan voyishda shig‘il-shig‘il uzumlar pishib yotganini ko‘rib, hayratingiz oshadi. Ham ko‘chaga soya salqin beradi, ham tayyor daromad manbai. 

Mahalla faollari hamda shu yerlik tadbirkorlarning tashabbusi bilan ko‘cha yuzining 500 metr joyiga ekilgan «shohona» hamda «husayni» navli uzumlar o‘tgan yilgi mavsumda hosilga ham kirib ulgurgandi. Hozirda mahalladagi hokim yordamchisi Erkin Raximovning o‘zi ularning parvarishiga o‘zi bosh-qosh bo‘lmoqda.

          Ushbu tajriba qo‘shni Sariosiyo tumanida ham qo‘llanila boshlandi. «Lutfkor» mahallasida hokim yordamchisi Muqaddam Yo‘ldoshevaning tashabbusi bilan Yangiobod ko‘chasida 36 ta xonadonning 360 metr maydoniga uzumchilik bo’yicha imtiyozli kredit asosida voyish qilinmoqda.  Ayni paytda mazkur joyga 180 ta “toypi” navli uzum ko’chati ekilib, uzumzor qilinmoqda.

          Albatta, hududlardagi bunday tashabbuslarni ko‘rib ko‘z quvonadi. Bu ham tadbirkorlikning bir ko‘rinishi. Maqsad esa aholini band qilish, daromadini oshirish.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

An’ana va zamonaviy uyg‘unlikda

Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi majlislar zalida Respublika...

Kinelogiya xizmati sinovda

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan kinologiya...

Yoshlar sport va birdamlik maydonida

Termiz shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “DXX kubogi – 2026”...

Yoshlar festivali — milliy qadriyatlar va iste’dodlar tantanasi

Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Payshanba — “Yoshlar...
KunTun
KunTun