“Shaxmat” turniri 

Date:

Sport insonni jismonan sog‘lomlashtirishga xizmat qilishini, sportning qaysi turi bilan shug‘ullanishdan qat’iy nazar kishi chiniqa borishini, tiniq fikrlay boshlashini shaxmatda o‘zini sinab ko‘rganlar yaxshi bilishadi.  Sport turlari ichida ayniqsa, aqlni charxlaydigan, tez va ravon firklashga o‘rgatadigani bu shaxmatdir.

Shaxmat taxtasidan joy olgan 64 ta katak va 32 ta figurani birdek kuzatib turish, raqibning xatti-harakatiga sergak bo‘lish va shu orada donalarni surishda yangi yo‘llarni qidirish kabi harakatlar ortida insonning sezgirligi, topqirligi va diqqati sinovdan o‘ta boradi. Shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarning sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilayapti.

Yoshlar ishlari agentligi kubogi uchun “Shaxmat” turniri  joylarda start oldi. Jumladan, Boysun tumanida besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning turi bo‘yicha “Mustaqillik” mahallasida 7 yoshdan 70 yoshgacha bolgan mahalla fuqarolari va yoshlar o‘rtasida “Shaxmat” musobaqalarining mahalla bosqichi o‘tkazildi.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun