120 o‘ringa 3 milliard 287 million so‘m…

Date:

Sho‘rchi tumanining “Obodon” mahallasida joylashgan 10-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining zamonaviy usulda bunyod etilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o‘rinbosari Ulugʼbek Choriev so‘zga chiqib, obodonliklarni bugungi quvonchli kun, yangi taʼlim-tarbiya maskanining ochilishi bilan tabrikladi. Shuningdek, keyingi yillarda mamlakatimizda kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarni har taraflama barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylanganini alohida taʼkidladi.

—Bugungi zamon bolalariga havasim keladi. Ularning o‘ynab ulg‘ayishi, taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berilyapti, – deydi mahalla faoli Xolbibi Ergasheva. – Mana bu bolalar bog‘chasiga bir qarang: qanday ko‘rkam, qanday shinam. Ichidagi jihozlariyu, o‘quv qurollarini aytmaysizmi. Keng, yorug‘ xonalar, bolalarbop mebel jihozlari, rang-barang o‘yinchoqlar. Hatto, bolajonlar uchun yozgi o‘yin maydoni barpo etilgan. Bularning barchasi kelajak avlodning taʼlim-tarbiyasi uchun ekanligi juda quvonarli.
Ochilish marosimidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
“Obodon” mahallasida qurilib, foydalanishga topshirilgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti 3 mllliard 287 million so‘m mablagʼi evaziga bunyod etildi.

Nigina Shoyeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun