“Sarhad” birinchilikda

Date:

Vatan tinchligi muqqaddas, uni asrab-avaylash, ardoqlash, tug‘ilib o‘sgan tuproq uchun fidokorona mehnat qilish kabi tushunchalar bilan ulg‘ayayotgan yosh avlodni bolalikdan harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda maktabning o‘rni katta. Zero, bugungi kunda umumta’lim maktablarida yoshlarga chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik darslari yo‘lga qo‘yilgani ham bu boradagi ishlarning amaliy ifodasidir.

Ushbu darsning asosiy maqsadi Vatan himoyasi borasida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzlardan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a’zolarini tarbiyalashdan iboratdir.

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida doimiy o‘tkazib kelinadigan Mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 15 ta shahar va tumanlar jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.

Muslobaqa yakunida Termiz tumani 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining “Sarhad” jamoasi viloyat birinchiligini qo‘lga kiritdi.

Tantanli taqdirlash marosimida “Sarhad” jamoasiga 1-darajali diplom, tashkilotchilarning sovg‘alari va musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasi topshirildi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun