“Zakovat stipendiyasi” yil davomida har oy toʻlab beriladi

Date:

Avvaliga tele-ekranlar orqali qiziqishimizni oshirgan “Zakovat” intellektual shousi bugun yoshlarni kashf etishda, bilim va iqtidorlarini namoyon etishda eng katta maktab vazifasini o‘tayapti. Endi har bir o‘z bilim-salohiyatiga ishongan yosh “Zakovat”ning ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Buni yurtimiz bo‘ylab maktabdan tortib, oliy ta’lim muassasalarigacha tashkil etilayotgan intellektual o‘yinlari orqali ko‘rib, bilib borayapmiz. Munosib rag‘bat esa insonning o‘z ustida ishlashga kuch va kayfiyat beradi.

Yoshlarning bu intilishlarini munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartibi tasdiqlangani bilimdonlar uchun quvonchli hodisa bo‘ldi. 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi. Ushbu stipendiya intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida 1-,2-,3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yosh BHMning 5, 4, 3 baravari miqdorida stipendiyaga ega bo‘ladi. “Zakovat stipendiyasi” yil davomida har oy toʻlab beriladi.
Ha aytgancha, maktab ta’limidagi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim kabi yo‘nalishlardagi intellektual turnirlar g‘oliblariga ham stipendiya tayinlanadi. Albatta, tayinlovlar ro‘yxati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviyat karvoni yo‘lda

 “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni”...

Zamonaviylik sari…

Termiz tumanidagi Qahramon mahallasi bugun o‘zining yangi qiyofasini topmoqda....

 “Etno shaharcha”da yangilik bisyor…

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududida milliy madaniyatimizning qadimiy yo‘nalishlarini...

Hamkorlik yanada kengayadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik asrlar davomida...
KunTun
KunTun