Turistlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida…

Date:

Turizm davlatni tanitadigan, qolavesa, iqtisodiy jihatdan foyda keltiradigan soha. Albatta, sayr-u sayohatni ko‘ngliga tugib, qadam ranjida qilgan mehmon borki, mehmonxona xizmatidan foydalanadi. Busiz turizmni tasavvur etib bo‘lmaydi. Qaysidir ma’noda mexmonxonada ko‘rsatiladigan xizmat, shart-sharoit mehmon kayfiyatiga ta’sir etmay qolmaydi.
Mehmonlar xavfsizligi, huquq va erkinliklari hamda manfaatlariga mos tarzda xizmat ko‘rsatish mezbon uchun muhim mezondir. Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha Tavsiyalar qo‘llanmasi (o‘zbek va rus tillarida) kitobcha shaklida chop etilib, Termiz shahrida joylashgan mehmonxonalarga tarqatildi. Shuningdek, mehmonxona mas’ul va xizmatchilariga mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari borasida tegishli tushunchalar berilib, ushbu qo‘llanma asosida ishlarni tashkil etishlari belgilandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun