“Ramazon oyi o‘zimizni tergashga, o‘zligimizni anglashga undaydi”

Date:

Bugun to‘kin-sochin dasturxon atrofida oilamiz bilan jamuljam o‘tirib, tanovul qilamiz, dildan suhbatlashamiz. Ko‘nglimiz tusaganini yeb-ichamiz. Farzandimiz bir tishlab dasturxonda qoldirgan shirinlik yoki non bo‘lagiga e’tibor ham bermaymiz. Bu ham isrof-ku. Isrof, har ne’matni qadrlay bilish-u shukronalik haqida lom-mim demaymiz. Biz tushuntirmasak, savollarga ko‘mib tashlovchi to‘palonchi bolakay qachon anglashni boshlarkin? Axir, xuddi shu daqiqada kimdir iftorni suv va qotgan non bilan ochayotgandir. Kimdadir shu bir bo‘lak non ham yo‘qdir. Dunyoda qanchadan-qancha bola farzandimiz isrof qilayotgan o‘sha ne’matga zor. Och-nahor…
Ramazon oyi o‘zimizni tergashga, o‘zligimizni anglashga undaydi. Yaxshilik qilishga, ko‘ngillarga ezgulik urug‘ini qadashga kuch beradi. Bu kuchni, bu tuyg‘uni do‘koni rastasida “Juma kuni non tekin” deya yozib qo‘ygan amakidan bo‘lak hech kim yaxshi tushunmasa, his etmasa kerak. Ko‘rganda bir tamshantiradigan sarhil mevalarni sotayotgan sotuvchi xola yonida katta bir savatda “Bolajonlar ko‘z haqi uchun” ilinadiganlarini asrab qo‘yganini ko‘rib, kuzatib ko‘nglingiz allanechuk bo‘lib ketadi.
Men kabi kuzatayotgan o‘tkinchi esa qaysidir savdo markazida har kuni xayriya taomi ulashayotganini aytadi. Ha, yaxshilik o‘lmagan ekan. Insonlarning vijdoni, iymoni uyg‘oq ekan. Demak, ertangi kunga bo‘lgan umid, ishonch so‘nmaydi. Bu urug‘ qilgan qilgan amallarimiz bilan ko‘ngillardan ko‘ngillarga o‘tib, nish uradi, ko‘karaveradi. Ezgu amallar daraklari hech ham tinmasin.

Sayyora ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun