“Iqtisodiy yetakchi davlatlarda ham parrandachilikka katta e’tibor qaratilar ekan”

Date:

Parranda go‘shti, tuxumi va balki pati uchun ham boqiladi. Boshqa tomondan uni boqish unchalik ham ko‘p mablag‘ talab etmaydi. Kataklarni esa har kim o‘z qo‘li bilan yasab olishi mumkin. Avvaliga o‘z ehtiyojlari uchun tovuq-xo‘roz boqqan natijasini ko‘rib, biznesga aylantirib, parrandachilikni rivojlantirib yuborishi oddiy holat. Ayniqsa, go‘shti va tuxumiga bo‘lgan talab yuqori bo‘lgan bir paytda kim ham daromad topishni istamaydi deysiz.

Mutaxassislar fikricha, iqtisodiy yetakchi davlatlarda ham parrandachilikka katta e’tibor qaratilar ekan. Chunki aynan parrandachilik aholini go‘sht, umuman, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda asosiy ahamiyat kasb etadi, shuningdek, aholini ish bilan band bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Prezidentning “Parrandachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ichki iste’mol bozorini parranda go‘shti bilan barqaror ta’minlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun qilingan muhim qadam va tadbirkorlar uchun yaxshigina imtiyoz bo‘ldi. Qarorga ko‘ra joriy yil 1-yanvardan boshlab, 2024-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirib, realizatsiya qilingan parranda go‘shtining har bir kilogrami uchun 2 500 so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi. Bunda, subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi. O‘ylaymizki, ushbu subsidiya imtiyozlari parrandachilikning yanada rivoj topishiga va ishsizlarni band qilishda yaxshi natija beradi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun