Muzrabotliklarning “Qalqoni” peshqadam

Date:

Oilada o‘g‘il bola dunyoga kelishi bilan uni kurash tushishga, qat’iy tartib-intizomga rioya qilishga, kelajakda harbiy bo‘lishga undaymiz. Harbiyning o‘zi ham, so‘zi ham o‘tkir, qo‘rqmas va Vatan himoyasiga har qachon shayligining o‘ziyoq harbiy ximatchilarga havasimizni oshirgan bo‘lsa ajab emas.

Vohamizda ham qator ta’lim muassasalarida harbiylikni diliga joylagan, yoshlikdan o‘zini harbiy xizmatchi bo‘lishga, Vatan sarhadlarini himoya qilishga, ichki ishlar, mudofaa tizimida saf tortishga umid bog‘lagan yosh o‘g‘lonlarimiz tahsil olishayotir. Kuni kecha ana shunday bir guruh bo‘lajak harbiylar “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasiga jam bo‘lishdi. 

Milliy gvardiya huzuridagi “Qorabayir otlari” mahorat maktabi hududida musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Biri-biridan chaqqon, kurashib to‘ymaydigan, taslim ham bo‘lmaydigan, chinakamiga kurashga bel bo‘lagan yigitlar musobaqani yanada qizitdi, desak xato bo‘lmas.

Musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar, harbiy majmuaviy estafeta (umumhimoya to‘plamini kiygan holda zaharlangan hududdan o‘tish, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, o‘q-dorilarni belgilangan joyga yetkazish, bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, otlarni egarlash), suvli to‘siqdan o‘tish, kamondan otish, saf tayyorgarligi hamda bilimdonlar bellashuvi kabi 5 ta shartlarda o‘zaro bellashdilar.

Unda shijoati va epchilligi bilan yuqori natijalarni qayd etgan Muzrabot tumani 51-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi harbiy vatanparvarlik sinfi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Qalqon” jamoasi musobaqaning viloyat bosqichida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 2-o‘rin Oltinsoy tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasiga, 3-o‘rin Termiz shahridagi 9-sonli hamda Uzun tumanidagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab jamoalariga nasib etdi. Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlarga Milliy gvardiya tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun