Surxondaryoda yangi o‘simlik turi kashf etildi

Date:

Ona tabiat sir-u sinoatga to‘la. Yashillik, nafis gullar kishini maftun etmay qolmaydi. Siz-u biz e’tibor ham bermaydigan ba’zi gullar kashf etilmagan bo‘lishi mumkin. Qizig‘-a?
O‘zbekiston florasida Ayiqtovon turkumiga kiruvchi eng oxirgi yangi tur 1941-yil aniqlangan ekan va unga “Ranunculus vvedenskyi” deb nom berilgan. Shundan beri mana qancha vaqt o‘tib, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Botanika instituti olimlari Boysun tog‘larida so‘nggi 80 yilda ilk bor Ayiqtovon turkumiga kiruvchi o‘simlikning yana bir yangi turini kashf etishdi.

Olimlar tomonidan bu turga “Ranunculus tojibaevii” deb nom berildi. Yangi o‘simlikka bag‘ishlangan maqola botanika sohasida mashhur sanalgan “PhytoKeys” jurnalida chop etilgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun