Endi 660 o‘quvchi jonajon yangi maktabiga oshiqadi

Date:

Bolaning ta’lim-tarbiyasida maktabgacha ta’lim tizimi poydevor bo‘lib xizmat qilsa, maktab ana shu boshlang‘ich tushunchalarni rivojlantiradigan, o‘quvchiga dunyoviy bilimlar eshigini ochadigan hamda katta hayotga tayyorlaydigan ma’naviyat va ma’rifat maskanidir. Maktab partalaridanoq bola qalbida mehr-muhabbat, Vatanni sevish, o‘z ona tilini hurmat qilish, ota-onaga sodiqlik hislari yuksala boradi.

Bugun ta’lim tizimiga, o‘quvchilarning o‘qib-o‘rganishiga juda katta e’tibor qaratilayotgani barchamizga ma’lum. Shuningdek, ta’lim maskanlarining zamonaviy tipda qurilishi, qayta ta’mirlanishi ham doimiy e’tiborda.

Yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lib ulg‘ayishi, bilimga chnaqoqligi, ertangi kunga umid bilan, oldiga maqsad qo‘yib intilishida bevosita maktabda berilayotgan ta’lim-tarbiyaning o‘rni katta. Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bola hali ko‘pam bilimlarga ega bo‘lmagan, o‘qituvchining etagidan ushlagancha u qayerga yo‘naltirsa, o‘sha tomonga harakat qiladigan norasida bir navnihol misoli bo‘ladi. O‘qituvchining beradigan to‘g‘ri tarbiyasi, maktabda berilgan saboqlar bolaning kelgusi hayotida tub burilish yasay oladi.

Prezidentning “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Termiz tumani “Bunyodkor” mahallasida umumiy loyiha qiymati 13,5 milliard so‘m bo‘lgan 660 o‘rinli yangi maktab o‘quv binosi hamda 12×24 metr o‘lchamdagi sport zali qurilib, to‘liq jihozlandi va foydalanishga topshirildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun