Vohamiz sayyohlarni chorlaydi

Date:

Surxondaryo bejizga janub gavhari deb atalmaydi. O‘z bag‘rida ona tabiatning ko‘plab ajoyibotlari-yu yaratiqlarini yashirib turgandek. Olis o‘tmishdan hikoya so‘zlab turuvchi qadamjolari va ziyoratgohlari esa tomosha va ziyoratni ixtiyor etganlar uchun taassurotlarga boy maskan. Pandemiya sharoiti esa sayohatni sevuvchi ko‘ngillarni chekladi. Vaqt o‘tib, xavf chekindi, virusga munosib zarba berildi. Bu yana imkoniyatlar eshigini ochadi, doimiy hayot tarzimizga qaytishga sharoit yaratadi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra 2022-yilning 16-mart kunidan boshlab, O‘zbekiston xorijiy sayyohlarga o‘z bag‘rini ochadi. Buning uchun emlanganlik sertifikatiga ega bo‘lishning o‘zi kifoya. Bordi-yu sertifikat bo‘lmasa, sayyohlardan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infektsiyasiga manfiy PZR test natijasi so‘raladi. Agar ushbu ikki test ma’lumotnomasi ham bo‘lmasa, unda chegara o‘tish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi talab etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilayotir.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun