“Zamindan zar izlayman”

Date:

Yerni boqsang, yer seni boqadi, deb bejiz aytishmagan. Nonimiz ham, oshimiz ham bevosita yaralgan tanimiz ham tuproq bilan bog‘liq. Har qarich yerdan unumli foydalanish esa ishning ko‘zini biladigan dehqonning kelgusidagi nasibasini belgilab beradi. Bir emas, ikki emas, naq 10 yil muddatga yer ajratilishi va undan foydalanish huquqi berilishi asli zaxmatkash inson uchun ayni muddaodir.

Qumqo‘rg‘on tumani 1-sektor hududi “Bobolochin” mahallasi hamda 2-sektor hududida joylashgan “Bobotog‘” mahallasida e-auksioniga chiqarilgan lotlar,  yer maydonlarini yutib olgan fuqarolarga dehqon xo‘jaligida foydalanishi uchun ajratildi. Shuningdek, ushbu yerlarning kadastr hujjatlari ham yer egalariga topshirildi.

“Bobolochin” mahallasidagi  46 ta lotlar Eijara AAT  g‘oliblariga bo‘lib berildi. Ma’lumot o‘rnida, tumanda jami 320 ga yer 2011 ta lotga bo‘lingan bo‘lsa, shundan 781 ta lotlar 1-sektor hududiga to‘g‘ri keladi.

Agar auksionda ishtirok etib, yer maydonlariga ega bo‘lgan ishsiz, muqim daromad manbayiga ega bo‘lmagan fuqarolar sidqidildan mehnat qilib, berilgan imkoniyatdan ham zarrasi oltinga teng zamindan ham unumli foydalansa, tomorqa xazina ekanini anglab yetishi tayin. Eng muhimi, endi ular mehnatga layoqatli, oldiga maqsad qo‘yib olg‘a intilayotgan mehnatkashlarga aylanishdi.

Adolat Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...

Kayrittepa xalqaro loyiha doirasida o‘rganilmoqda

Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va asrashga qaratilgan xalqaro loyiha...

Harbiylar oilalari uchun tikuv sexi ish boshladi

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oila a’zolari va...

Ta’lim boshqaruvida yangi tizim: yagona vazirlik oldidagi vazifalar

O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasini yagona tizim asosida boshqarishga...
KunTun
KunTun