MADANIYАT UYI FAOLIYАT BOSНLADI

Date:

San’atga oshno ko‘ngil borki, madaniyat oshiyoniga talpinadi, bunday maskanlar ihlosmandlarini o‘ziga ohanrabodek tortaveradi. Jarqo‘rg‘on tumanida markaziy Surxon madaniyat uyining tamal toshi quyilganidayoq tuman ahli qurib bitkazilishini, faoliyat boshlashini intiqlik ila kutdi. Kutilgan kunlar bugun bo‘y ko‘rsatib, madaniyat uyining katta tantanalar ila ochildi. Marosimda tuman hokimi B.O‘raqov hamda tegishli mutasaddilar, nuroniylar-u yoshlar ishtirok etdi. Yangragan karnay-surnay sadolari, ko‘rgazmali chiqishlar tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
“Surxon” MChJ tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida qurib bitkazilgan madaniyat uyida 255 o‘rinli keng zal, kutubxona, turli to‘garaklar xonasi mavjud. Xullas, mahalliy aholiga ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatishga shay. Ayniqsa, to‘garaklarning ish boshlashi ishtiyoqmand yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi shubhasiz.
Madaniyat uyidagi mo‘jazgina kutubxona esa kitobxonlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Hozircha 1500 ta kitob fondi bilan faoliyat boshlagan kutubxona fondini yanada boyitib borish rejalashtirilgan.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun