Taraqqiyot strategiyasi:

Date:

Surxondaryo viloyatidagi yirik “To‘palang GES” modernizatsiya qilinib, uning quvvati 175 MVtga yetkaziladi

Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga moʼljallangan Taraqqiyot strategiyasida yurtimiz “yashil” energetika sohasini kelgusida yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan.

Shu maqsadda, yangi qurilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan gidroelektr stantsiyalarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatida joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, ishlab chiqarish quvvati yuqori bo‘lgan “To‘palang GES”da modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

GES faoliyati uchun har birining quvvati 72,5 MVt bo‘lgan 2 ta gidroagregatlar o‘rnatiladi. Modernizatsiyadan so‘ng GESning umumiy quvvati 175 MVtga yetkaziladi. Mazkur modernizatsiya ishlari Rossiyaning “Силовые машины” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun