To‘ra Bobolov Sherobod tumanidagi Bog‘iobod mahallasida malga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Date:

Sherobod tumanidagi Bog‘iobod mahallasi iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir hududga kiradi.

Yaqinda mahallada mehnat yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 85-sonli Oilaviy poliklinikada malakali shifokorlar tomonidan jami 1 ming 947 nafar aholining 1 ming 350 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, deya xabar beradi hokimlik axborot xizmati.

Tibbiy ko‘rik natijasida 700 nafarga yaqin fuqaroda turli darajadagi kasalliklar aniqlanib, ularga davolanishi uchun yo‘llanma va tavsiyalar berildi. 83 nafar fuqaro vaksinasiya qilindi.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov hududga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Aholi bilan suhbatlashdi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida viloyat hokimiga murojaat qilgan 8 nafar fuqaroning muammolariga shu yerning o‘zida yechim topildi. 1-guruh nogironligi bor 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari topshirildi. 3 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasporti taqdim qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun