To‘ra Bobolov ikkita tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘lladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ikkita tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘llagan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun 2021 yil 15 noyabr kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, sektorlar, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan.

Yig‘ilishda ba’zi tumanlar hokimliklari tomonidan prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi qayd etilgan.

Xususan, 2020 yilda Angor va Sho‘rchi tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun mazkur tumanlar hokimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ularga Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘n foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun