Sanoat ko‘miri qazib olinmoqda

Date:

“Qish g‘amini yozda ye” deyishganidek, ayni hozirdan o‘tinni, ko‘mirni va boshqa kerakli mahsulotlarni g‘amlaymiz. Ayniqsa, ko‘mir qishloqlarda yashaydiganlar uchun eng kerakli va zaruratga aylanadigan vosita. Ko‘mir ko‘p bo‘lsa, narxi arzon bo‘ladi. Ya’ni o‘zimizga qazib olinishi sifatli ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojni ham qondiradi.
Shu ma’noda Oltinsoy tumanining tog‘li hududlarida “Turon eko ko‘mir” MChJ tomonidan umumiy maydoni 205 gektar bo‘lgan, yiliga 360 ming tonna ko‘mir qazib olish quvvatiga ega yirik loyiha amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 595 milliard so‘mni tashkil etadi va to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, mingta ish o‘rni yaratiladi.
Tadbirkor tomonidan umumfoydalanuvdagi yo‘llarga og‘ir texnikalarning ziyon yetkazmasligi uchun konga olib boradigan alohida yo‘l qurilmoqda. Hududda amalga oshirilayotgan ishlar, infratuzilmani yaratish tadbirlari, loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish, rejalashtirilgan ish o‘rinlarini to‘liq yaratish chora-tadbirlari aniq belgilab olingan holda ishlar tashkil etilgan.

Oldingi sahifaRejani katta olib…
Keyingi sahifaYana 20 ming gektar…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun