55 nafar bola oromgohga yuborildi

Date:

Yozgi ta’til oromgohlarga dam olish bilan qiziqarli va zavqli. Ammo, bu imkonga hamma oila ham ega emas. Bu esa bolajonlarni xafa qilishi turgan gap. Ayni jihatlar inobatga olingan holda Sherobod tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 55 nafar farzandlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bepul Ko‘xitang viqorli tog‘ yon bag‘rida joylashgan so‘lim “Vandob-Beshbuloq” bolalar oromgohiga yuborildi.
Oromgohga yo‘l olgan bolalarning quvonchi cheksiz. Endi ular ham munsib xordiq chiqarishadi, do‘stlar orttirishadi. Oromgohdagi mashg‘ulotlar bilan vaqtlarini mazmunli o‘tkazishadi. Qolaversa, ushbu yozgi oromgohda dam olish davomida bolajonlar milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni targ‘ib qiluvchi tadbirlarda ishtirok etadi. Maxsus dastur asosida o‘quvlar, sport musobaqalari tashkil etiladi.
Asosiysi, bolalarning sog‘lom ovqatlanish ratsioniga qat’iy amal qilinadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...

Soliq xizmati xodimlari e’tirof etildi

Jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va davlat budjeti...

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....
KunTun
KunTun