Hunarmand faoliyatiga nazar

Date:

Gilam to‘qish ham san’at aslida. Surxoncha kolorit mujassam gilamlar foydalanishimiz uchun tayyor holga kelgunga qadar hunarmand ozmuncha mehnat qilmaydi. Paxtadan ip yigirish, kalava iplarni ranglash-u, dastgohda to‘qigunga, ranglarini kelishtirib, ajib holatga keltirgunga qadar mehnat, vaqt o‘tadi, hunarmandning mehri singiydi. Ana shuning uchun ham ranglarning jilosi o‘zgacha, ko‘zga qandaydir issiq, taftli seziladi. Sho‘chilik hunarmand Aziza Rahimova ham ishiga ana shunday qunt, mehr va e’tibor bilan yondashadi. Ba’zan bir o‘zi, ba’zida esa mahalladagi kayvoni onaxon va chechalar ham yordamga kelib, birgalikda ishga kirishishadi. Ana shunday kengashlarda, gurunglar qizigan jarayonda ish yanada tezroq unadi.


Milliy qadriyat va go‘zal an’analarimizdan aks-sado berib turguvchi mahsulotlar esa ko‘pning e’tiborida. Shuning uchun ham bunday buyumlarning bozori chaqqon va xaridori ko‘p. Buyutma beruvchilarning esa sanab adog‘iga yeta olmaysiz. Ish jarayonini kuzatsangiz esa zavq-shavqqa to‘lasiz. Hunarmandning xonadonida media tur tashkil etildi va OAV vakillari Azizaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Media tur ishtirokchilarining keyingi manzili esa 15 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan Sherzod Rahmatullayev rahbarlik qilayotgan korxona bo‘ldi. Ayni ish qizg‘in paytda tashrif buyurgan mehmonlar, bevosita faoliyat bilan tanishishdi.
Mana shunday media turlarning tashkil etilishi milliy hunarmandchilik vositalarimizni keng ommaga targ‘ib qilib, unutilishiga yo‘l qo‘ymasa, boshqa jihatdan yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratayotgan hunarmand va tadbirkorlarimizning faoliyatini yoritishga xizmat qiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun