Amaliyot — kelajak uchun tajriba

Date:

Oliygohdagi tahsil qaysidir mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlar bersa, o‘qish davomida o‘quv amaliyotlarining tashkil etilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llashga, amaliy ko‘nikma hosil qilishga yordam beradi. Amaliyotsiz nazariy bilimlar unutilishi, hech qanday naf bermasligi aniq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda kadrlarni o‘qitish usul va shakllarini, fan, o‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida Termiz davlat universiteti kimyo fakultetining 1-2-3-bosqich talabalari respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida malaka o‘tash uchun yo‘l olishdi.
Universitetning birinchi bosqich 208 nafar talabasi o‘quv tanishuv amaliyotini o‘tash uchun Qarshi shahridagi sanoat ishlab chiqarish korxonalariga yo‘l olishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich 149 nafar talaba Samarqand shahridagi sanoat korxonalariga borishdi. Universitetning uchinchi bosqich talabalari Toshkent shahridagi Ilmiy markazlarga, O‘zMU, ToshKTI, O‘zR FA tarmoq institutlariga va sanoat korxonalariga jo‘nab ketishdi.
Endilikda talabalar amaliyot davomida kasbiy faoliyatini rivojlantirish, kasbiy ma’suliyatni his etish, oʻz ustida ishlash koʻnikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali mutaxassislarning ish jarayonini oʻrganish imkoniga ega bo‘lishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun