“Daraxtlarga nafas bering”

Date:

O‘zingiz yashayotgan hududda ko‘chalarni kezayotib, hech e’tibor berganmisiz, fuqarolar zarur e’lonlarini joylab ketisgan bo‘ladi: Uy sotish, ijaraga berish, qandaydir xizmat ko‘rsatish, repititorlik faoliyati-yu, xullas shu kabi ko‘plab mavzulardagi e’lonlar. Aytmoqchi bo‘lganimiz esa e’lonlar haqida emas, balki, ayni shu e’lonlarni qanday va qay tartibda ilib ketishayotganida. Temir ustun va panjaralarga bo‘lsa, ha ho‘b. Ammo, elektr moslamalari, daraxt tanalariga yopishtirilib yoki o‘yib-teshib zarar yetkazgan holda o‘rnatilganiga nima deysiz?


Surxondaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda ekofaollar birgalikda shahar hududidagi ana shunday holatlarni ko‘zdan kechirib, reyd tadbirlarini o‘tkazdilar. Shu bilan bir qatorda daraxtlarga zarar yetkazgan holda o‘rnatilgan tashqi reklama bannerlari, elektr moslamalari, shu kabi daraxt ostini beton qoplamalar bilan to‘sib qo‘yilishi kabi holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rdilar.


Termiz shahri bo‘ylab o‘tkazilayotgan “daraxtlarga nafas bering” aksiyasi viloyatimizning boshqa hududlarida ham davom etishi maqsad qilingan bo‘lib, ekologiyaning musaffoligini ta’minlab berguvchi daraxtlarga ozor berish ishlariga barham beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun