Qirg‘izistondan Gran-pri bilan…

Date:

Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l tumanida “Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi” nomli etnokarnavali bo‘lib o‘tdi. Etnokarnavalga qo‘shni davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston nomidan Samarqand hamda Surxondaryo viloyatining “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak aʼzolari ishtirok etdi.
Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchilar o‘z millatining milliy san’atini, xalq og‘zaki ijodining o‘lmas durdonalarini namoyish etdilar. Har bir chiqish e’tiborga molik va ko‘ngillarga manzur bo‘ldi. Tomoshabinlar bu chiqishlardan mamnun holda ishtirokchilarni qarsaklar bilan qo‘llab turdilar. “Milliy raqs” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan Surxondaryo viloyati Dеnov tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Milliy raqs” to‘garagi a’zosi Muxlisaxon Ikromovaning raqsi esa barchani mahliyo qilib qo‘ydi. Bu ishtirok esa faxrli 2-o‘ringa munosib ko‘rilgani bir quvonchli hodisa bo‘lsa, jamoaga ansambl yo‘nalishi bo‘yicha GRAN PRI – oliy o‘rin nasib etgani barchani ikki karra shod etdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun