Tajribasi ommalashtiriladi

Date:

Bugun qayga boqmaylik bunyodorlik ishlari avj olganini, fuqarolarning tashabbus ko‘rsatib, yangidan-yangi g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirayotganini ko‘rish, kuzatish mumkin. Bularning barchasi xalq manfaati, foydasi uchun xizmat qilishi esa kishini quvontirmay qo‘ymaydi, albatta. Muzrabot tumanidagi “Yangi diyor” mahallasida ham ana shunday o‘zgarishlarga, yangiliklarga guvoh bo‘lish mumkin. Bunga albatta, mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Dilbar Raximovaning xizmati katta. Ayni uning tashabbusi bilan mahallada mikromarkaz tashkil etilib, 65 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.


Mikromarkazda tikuvchilik, mebelsozlik, milliy taqinchoqlar yasash, hamshiralik xizmati, bolalar massaji hamda ayollarga psixologik ko‘mak ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu kasb va hunarlardan xabardor, ammo ishsiz yurgan fuqarolar jalb qilindi. Ular aholiga xizmat ko‘rsatish bilan birga shogird tayyorlashga ham e’tibor qaratishgan.


Mikromarkazda ketayotgan qizg‘in ish jarayonini kuzatgan Surxondaryo viloyati hokimi hokim yordamchisining ushbu tashabbusini e’tirof etdi. Shuningdek, uning tajribasini ommalashtirish, mahallalarda ayni shunday mikromarkazlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun