SHO‘RCHIDA VETNAM TAJRIBASI

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Polvontosh” massivida Vetnam tajribasi asosida ming gektarda tut plantasiyalarining tashkil etilishi ipakchilik sohasida tashlangan katta qadam deyish mumkin. Ipak qurti uchun asosiy ozuqa manbai bo‘lib xizmat qilguvchi tut barglarini yetkazib berishni maqsad qilgan ushbu tut plantatsiyasi qisqa muddat ichida nafaqat ehtiyoj va talabni qondiradi balki, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi bilan ham e’tirobrga molik loyiha deyish mumkin.
Surxondaryo viloyat hokimi hamda Ipak va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tashabbusi bilan 1000 gektar yer maydonida tut plantasiyasi tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar amaliy harakatlar boshlab yuborilgan. 2,5 kilometr uzunlikdagi ariqlar qazilib, yangi quvurlar yotqizish ishlari bajarilgan. Joriy yilning kuz mavsumida yana 450 gektar yer maydoniga 1,1 million tut ko‘chati ekiladi. 3 yildan so‘ng hosilga kiradigan katta maydondagi tutzordan 2 250 tonna tut bargi hosili olinadi.
Vetnamlik investorlar tomonidan ipak mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini ishga tushirilishi natijasida esa 600 ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi hamda yiligi 1,0 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun